FIDE Jahon kubogi: Jahongir Vohidovda g‘alaba, Sindorov va Abdusattorovda durang natija
Sport
−
19 iyul 2021
2835Rossiyaning Sochi shahrida davom etayotgan FIDE Jahon kubogida 1/32 final bosqichining dastlabki bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorov durang natija qayd etgan bo‘lsa, Jahongir Vohidov g‘alaba qozondi.
Jahongir Vohidov 1/16 final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan ilk bahsda rossiyalik Pavel Ponkratovni mag‘lubiyatga uchratdi. Javohir Sindorov perulik Xorxe Kori, Nodirbek Abdusattorov esa turnir favoritlaridan biri niderlandiyalik taniqli grossmeyster Anish Giri bilan durang o‘ynadi. Bugun shaxmatchilar ikkinchi partiyada to‘qnash kelishadi. Agar ikki partiya natijasiga ko‘ra durang bo‘lib qolgan taqdirda qo‘shimcha “tay-brek” o‘ynaladi.
Avvalgi bosqichda Nodirbek Abdusattorov (2633) hindistonlik Aravind Chitambaram ustidan (2641) 1,5:0,5 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Jahongir Vohidov va Javohir Sindorov aynan “tay-brek”da turnir favoritlarini mag‘lub etishning uddasidan chiqqan edi. Vohidov (2534) ushbu bosqichning ikkinchi davrasida Leniyer Domingesni (2758) 3:1 hisobi bilan mag‘lub etgan bo‘lsa, Sindorov (2558) uchinchi raundda Alirizo Firuzja (2759) ustidan 3,5:2,5 hisobida zafar quchgan.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 1 892 500 dollarni tashkil qiluvchi turnir g‘olibi 110 000 dollarga ega bo‘ladi. Musobaqa 8 avgustga qadar davom etadi.
LiveBarchasi