FIDE Jahon kubogi: Sindorov va Abdusattorov mag‘lubiyatga uchradi
Sport
−
23 iyul 2021
3750Rossiyaning Sochi shahrida davom etayotgan FIDE Jahon kubogining 1/16 final bosqichida O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorov birinchi bellashuvda mag‘lubiyatga uchradi.
Birinchi partiya yosh grossmeysterlar uchun omadsiz yakunlandi. 16 yoshli Sindorov polshalik xalqaro grossmeyster Piorun Kasperga, 17 yoshli Abdusattorov esa ozarbayjonlik grossmeyster Vasif Durarbayliga yutqazib qo‘ydi. O‘zbekistonlik har ikki shaxmatchi oq donalarda o‘ynaganligini ham ta’kidlab o‘tish kerak.
Ikkinchi partiya bahslari bugun, 23 iyul kuni o‘tkaziladi.
Ma’lumot o‘rnida, umumiy mukofot jamg‘armasi 1 892 500 dollarni tashkil qiluvchi musobaqa g‘olibi 110 000 dollarga ega bo‘ladi. Musobaqa 8 avgustga qadar davom etadi.