Fevralda narxlar qanchaga o‘sgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
02 mart 2020
50432020 yilning fevralida iste’mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘rtacha o‘sish sur’ati 0,8 foizni tashkil etdi.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yilning dastlabki ikki oyi davomida tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 1,4 foizga o‘sdi. 2019 yilning fevral oyiga nisbatan narxlar va tariflar 13,5 foizga oshdi.
Yirik guruhlar kesimida narxlarning o‘zgarishi natijalariga ko‘ra, narxlar va tariflarning oshishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, joriy yilning fevral oyida narxlar 1,3 foizga ko‘tarilgan. Bu vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,6 foizga va xizmatlar 0,3 foizga oshgan.
Umumiy hisobda, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi 2,4 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foiz, xizmatlar 0,6 foizga oshdi.
2020 yilning fevral oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1,3 foizga ko‘tarildi yoki o‘tgan oydagi mos ko‘rsatkichga nisbatan 0,3 darajaga yuqori bo‘ldi.
Kuzatilayotgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida oy davomida meva-sabzavotlar (3,2 foiz), go‘sht, parranda go‘shti va baliq (1,9 foiz), non mahsulotlari hamda spirtli ichimliklar (0,8 foizdan), 2019- yilning oxiriga nisbatan esa meva-sabzavotlar (7,2 foiz), shuningdek, go‘sht, parranda go‘shti va baliq (2,3 foiz) mahsulotlari narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan.
LiveBarchasi