Fermer xo‘jaliklariga mashina olishda imtiyoz beriladi
Jamiyat
−
21 noyabr 2019
7016Fermer xo‘jaliklari tomonidan tegishli sertifikatga asosan “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi korxonalarga murojaat etilgandan keyin bir oy muddatda shartnomalar tuzish yakunlanadi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mukomasi portaliga joylashtirilgan “Paxta xom ashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.
Paxta xom ashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan qo‘shimchalar quyidagilarda iborat:
“b) qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun ajratilgan yer maydonlarida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ta’minotchi tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali mazkur yer maydonining har bir gektariga ekilgan ekin turi uchun amaldagi texnologik kartalarda tavsiya etilgan me’yorlar bo‘yicha dizel yoqilg‘isi va mineral o‘g‘itlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan deklaratsiya qilingan narxlarda (ta’minotchi ustamasi bilan) oldindan 100 foiz to‘lovni amalga oshirgan holda tegishli shoxobchalar orqali xarid qilish. Mazkur imtiyozning taqdim etilishi uchun “O‘zneftmahsulot” AJ tizimidagi neft unitar korxonalari hamda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) bo‘linmalari mas’ul hisoblanadi;”;
“d) fermer xo‘jaligiga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalaridan (“Uzauto Motors” AJ mahsuloti) xohlagan bitta modelini fermer xo‘jaligining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qililadi. Bunda fermer xo‘jaliklari tomonidan tegishli sertifikatga asosan “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi korxonalarga murojaat etilgandan keyin bir oy muddatda shartnomalar tuzish yakunlanadi hamda “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan fermer xo‘jaliklarining paxta yakuniy hisob-kitob mablag‘laridan to‘liq to‘lab beriladi. Mazkur imtiyozning taqdim etilishi uchun “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi diler korxonalar avtotransport vositasini shartnomaviy muddatlarda yetkazib berish uchun mas’ul hisoblanadi;”.
“15. Tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan har yili 25 yanvarga qadar Ro‘yxat hamda berilgan xulosa va sertifikatlar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga hisobot taqdim qilinadi.”.
“16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan hisobotlar fermer xo‘jaliklari kesimida umumlashtirilib, har yili 30 yanvarga qadar O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga tegishli axborot taqdim qilinadi.”.
“19. Imtiyozlarning taqdim qilinishi holati tegishli Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Imtiyozlarni taqdim etishda belgilangan tartibning buzilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, tegishli fermerlar kengashlari tomonidan O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga tezkor ma’lumot taqdim qilinadi. O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ham, o‘z navbatida, imtiyozlarni taqdim etishda belgilangan tartibning buzilganligi holatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.”.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi