“Fenerbaxche” “Galatasaroy” bilan o‘yinga boykot e’lon qilmoqchi

Sport

image

Turkiyaning “Fenerbaxche” futbol klubi “Galatasaroy”ga qarshi mamlakat Superkubogi uchun o‘yinni to‘xtatib, raqib turnir g‘olibi bo‘lganidan so‘ng taqdirlash marosimini o‘tkaza olmasligi uchun reja tuzdi. Bu haqda “Ajansspor” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Fenerbaxche” rahbariyati jamoadan 19 yoshgacha bo‘lgan to‘qqiz nafar futbolchini maydonga tushirishni rejalashtirmoqda - bu o‘yin uchun ruxsat etilgan maksimal raqam. Uch o‘yinchi “jarohatlangan” bo‘lishi kerak va “Fenerbaxche” olti o‘yinchiga tushganidan keyin reglamentga muvofiq o‘yin bekor qilinadi. Shu tariqa, klub o‘yinni boykot qilgani uchun jarimadan qochishi, va natijada Turkiya Superkubogida g‘alaba qozongan “Galatasaroy” futbolchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  “Fenerbaxche” “Trabzonspor” bilan milliy chempionat 30-turi doirasidagi safar o‘yinida (3:2) muxlislar bilan yuzaga kelgan ommaviy mushtlashuv tufayli Turkiya chempionatida ishtirok etishdan bosh tortish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi. 

Qayd etish joiz, final hushtagi yangraganidan so‘ng “Fenerbaxche” futbolchilari maydon markazida g‘alabani nishonlay boshladilar, bu esa maydon egalari muxlislariga yoqmadi. Ular maydonga yugurishdi, shundan so‘ng mehmon klub futbolchilari ishtirokida katta mushtlashuv kelib chiqdi. “Fenerbaxche” rahbariyati hodisa yuzasidan rasmiylar javob bermayotganidan nihoyatda norozi.

Turkiya chempionati turnir jadvalida 31 turdan keyin 84 ochko bilan “Galatasaroy” peshqadamlik qilmoqda. “Fenerbaxche” 31 o‘yindan keyin 82 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Turkiya Superkubogi uchun o‘yin “Galatasaroy”ning uy stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Fenerbaxche Galatasaroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing