Felish Messining rekordini takrorladi

Sport

image

“Barselona”ning ushbu mavsum boshida “Atletiko Madrid”dan ijaraga olingan portugaliyalik hujumchisi Joau Felish La Liganing bir mavsumida “Atletiko”ga qarshi har ikkala o‘yinda ham gol urgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi.

“Barselona” Ispaniya La Ligasining 29-turi doirasida “Atletiko Madrid”ni mehmonda yirik hisobda mag‘lub etdi – 3:0. O‘yindagi birinchi golni portugaliyalik Joau Felish kiritdi, u birinchi davrada ham ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinda yagona gol muallifiga aylangandi.

Qayd etish joiz, “Atletiko”ga qarshi har ikkala o‘yinda ham gol urgan birinchi futbolchi 2019/2020 yilgi mavsumda “Barselona”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi bo‘lgan. Argentinalik futbolchi birinchi davrada Madridda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda (1:0) g‘alaba to‘pini kiritgan bo‘lsa, 2-turda Kataloniya poytaxtida o‘tkazilgan o‘yinda (2:2) penaltidan gol urgan.

Joriy mavsumda portugaliyalik hujumchi “Barselona” safida barcha turnirlarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 40 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Atletiko Joau Felish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing