Fedor Yemelyanenko ikki jangdan keyin o‘z faoliyatini yakunlaydi

Sport

image
0:00
0:00
download

Rossiyalik jangchi Fedor Yemelyanenko karerasini ikki jangdan so‘ng yakunlaydi. Bu haqda Bellator tashkiloti prezidenti Skott Koker matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz Fedor bilan biroz gaplashdik. Faoliyatini yakunlashiga qadar uning ikkita jangi qolganini tushunamiz, bu uning xayrlashish safari. Ammo biz ushbu ikkita jang tomoshabinlar oldida bo‘lishini istaymiz. Shuning uchun biz ushbu imkoniyatni kutmoqdamiz”, deydi u.

Yemelyanenko 44 yoshda, u  jangovar samboning Pride FC versiyasi bo‘yicha og‘ir vazn toifasida to‘rt karra jahon chempioni, Ring bo‘yicha ikki marotaba, WAMMA versiyalari bo‘yicha to‘rt karra jahon chempioni va to‘qqiz karra Rossiya chempioni hisoblanadi.

Rossiyalik o‘zining so‘nggi jangini 2019 yilning dekabrida o‘tkazib, Yaponiyadagi Bellator turnirida amerikalik Kvinton Jeksonni nokautga uchratdi. Umumiy hisobda Yemelyanenko hisobida 39 g‘alaba va oltita mag‘lubiyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

276

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing