Fyodor Bondarchukning onasi aktrisa Irina Skobseva vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Irina Skobseva 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda aktrisaning o‘g‘li Fyodor Bondarchuk asos solgan Art Pictures kompaniyasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

"Biz o‘lim faktini tasdiqlaymiz, hozircha tafsilotlar yo‘q", deydi manba. 

Irina Skobseva - rus aktrisasi. U 1974 yilda Rossiya Federatsiyasi xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.  U "Sereja ", "Zigzag udachi", "Lyubov zemnaya" va boshqa filmlarda suratga tushgan. U aktyor Sergey Bondarchukning bevasi, Fyodor Bondarchukning onasi.

Irina Skobseva 1927 yilda Tulada tug‘ilgan. Bitirgandan so‘ng, u Moskva badiiy teatr maktabiga o‘qishga kirdi, 1956 yilda kinoda ilk debyut rolini ijro etdi. 1959 yilda u rejissyor Sergey Bondarchuk bilan turmush qurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Fyodor Bondarchuk Irina Skobtseva

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar