Fayzullayev va Husanov Olimpiadada qatnashadimi? Kapadze javob berdi
Sport
−
10 may
22919O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi a’zolari Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov, Hojimat Erkinov, Umarali Rahmonaliyev va Ibrohimhalil Yo‘ldoshev kabi legionerlar katta ehtimol bilan shu yili yozda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
“Umid qilamanki, legionerlarni tarkibga jalb qilishda muammolarga duch kelmaymiz, boz ustiga klublar uchun mavsum yakunlangan bo‘ladi. Olimpiada vaqtida qaysi futbolchi qanday formada bo‘lishiga ham alohida e’tibor beramiz. FIFA kunlarida o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etishni reja qilyapmiz. Shuningdek, Olimpiadaga yaqin qolganda ham yig‘in o‘tkazib, nazorat o‘yinlarida qatnashamiz”, deydi Kapadze.
Ma’lumot uchun, Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Futbol bahslari esa ertaroq start oladi. Kapadze shogirdlari musobaqadagi yurishini 24 iyul kuni Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning “Kalyari” klubi a’zosi Eldor Shomurodov Olimpiadada ishtirok etishi mumkinligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi