Fayzullayev Rossiya chempionatining ramziy jamoasiga kiritildi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Rossiya chempionati yakunlari bo‘yicha ramziy jamoadan o‘rin oldi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.

Manba tomonidan tuzilgan ramziy jamoaga SSKAdan faqatgina Abbosbek Fayzullayev kiritildi. Umumiy 23 futbolchi chempionat yakunlariga ko‘ra, qaydnomadan, 11 futbolchi esa ramziy jamoadan joy oldi. 

11 futbolchidan iborat ramziy jamoaga eng ko‘p “Krasnodar” va “Dinamo” klublaridan futbolchilar kiritilgan. Har ikki jamoadan ham 3 nafardan futbolchi mavsumning eng yaxshilari qatorida e’tirof etildi. Shuningdek, “Lokomotiv”dan ikki, “Zenit”dan bir futbolchi jamoadan o‘rin egalladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev Rossiyada “Mavsum kashfiyoti” mukofotini qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya TsSKA Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing