Favqulodda yig‘ilish: JSST yangi koronavirus shtammini muhokama qiladi 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bugun, 26 noyabr kuni Janubiy Afrika va Botsvanada tarqalagan COVID shtammini muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda “Financial Times” manbalarga tayanib xabar bergan.  

Bundan avval, Buyuk Britaniya olimlari Botsvanada 32 ta mutatsiyani o‘z ichiga olgan koronavirus shtammi paydo bo‘lgani haqida ogohlantirgandi. Ko‘pgina mutatsiyalar uning yuqori o‘tkazuvchanligi va vaksinalarga chidamliligini ko‘rsatadi. 

Keyinchalik Janubiy Afrika Yuqumli kasalliklar milliy instituti ham yangi shtamm Janubiy Afrikada topilganini tasdiqladi — hozirgacha 22 ta holat. 

“Uchrashuv juma kuni bo‘lib o‘tadi, masaladan xabardor odamlarning so‘zlariga ko‘ra, unda B.1.1.529 SARS-CoV-2 deb ataladigan versiya muhokama qilinadi”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, JSST ekspertlari ushbu variantni “tashvishli” yoki “qiziq” deb hisoblash kerakligini muhokama qiladi. 

Janubiy Afrika Innovatsiyalar va epidemiyaga qarshi kurash markazi direktori Tulio de Oliveyra “xavotirda” ekanini va bu hafta favqulodda yig‘ilish chaqirishga qaror qilgan JSST rasmiylari bilan yangi shtammni muhokama qilganini aytgan. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Janubiy Afrikaning Gauteng provinsiyasida, jumladan Yoxannesburgda yangi holatlarning qariyb 90 foizi yangi variant tufayli yuzaga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

156

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing