Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi Germaniyada ham nishonlandi

Olam

image

9 may – Xotira va qadrlash kuni Germaniya poytaxti Berlinda ham nishonlandi. Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 74 yilligiga bag‘ishlangan marosimda  O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchisi  Nabijon Qosimov ishtirok etdi. Bu haqda ayni vaqtda Germaniyada bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.

Germaniya poytaxtining Treptov bog‘i va Tirgarten yodgorlik majmuasida 1941-1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida noma’lum soldat haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. 


 
Tadbirda urushda omon qolgan faxriylar, Germaniya Hukumati a’zolari, Berlinda joylashgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning vakillari hamda keng jamotchilik ishtirok etgan.

Tadbir qatnashchilari orasida O‘zbekistonni yaxshi tanigan,  bilgan kishilar u haqida o‘zlarining iliq taasurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. 
Shuningdek, urushda halok bo‘lgan vatandoshlarimiz yodi uchun Qur’on tilovat qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing