TIV Qozog‘istonga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga borayotgan yoki uning hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga eslatma bilan chiqdi.

Qozog‘istonning qator hududlarida sovuq tushishi, qor yog‘ishi va noqulay ob-havo sharoitlari tufayli yo‘llarda kutilmagan holatlar sodir bo‘lishi mumkinligi munosabati bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida mazkur mamlakatga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Oqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aqtau shahridagi bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing