Farmatsevtika uchun 125 mln dollar ajratiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etiladi va unga 125 million dollar yo‘naltiriladi. Bu haqda bugun, 7 iyul kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova ma’lum qildi.

Malumotga ko‘ra, pul mablag‘lari Koreya Eksimbanki jamg‘armasi kreditlari tomonidan ajratiladi va markazni tibbiy, klinik, laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash uchun sarflanadi. Markaz ishga tushirilishi natijasida 250 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Shuningdek, dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazida ko‘ngilli bemorlarda yangi turda yaratilgan  dori vositalarining klinik tadqiqotlari amalga oshiriladi. 

Malumot uchun, O‘zbekistonda bugungi kunda 89 ta klinik tadqiqot bazalari faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur klinik tadqiqot bazalari 2026 yilga qadar bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

Muhayyoxon Habibullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing