Farmatsevtika agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
31 yanvar
4222O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Zafar To‘xtayev Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Zafar To‘xtayev tayinlovga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Milliy referens laboratoriyasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Zafar To‘xtayev 1981 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasining tegishli departamentlarida Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish va ijtimoiy muhofaza sho‘basi, Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sanoati sho‘basi hamda Hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish masalalari sho‘basida qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.
2022-2023 yillarda Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatining Sog‘liqni saqlash va sport sohasidagi islohotlarni muvofiqlashtirish sho‘basi mudiri bo‘lgan.
LiveBarchasi