Farg‘onaning yana 4 ta hududida hokim almashdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 aprel kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona, Beshariq, O‘zbekiston tumanlari va Marg‘ilon shahriga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Farg‘ona, Beshariq, O‘zbekiston tumanlari hamda Marg‘ilon shahar kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tgan. Sessiyalar ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, ularda tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Nodirjon Ro‘ziboyevich Mashrabov Farg‘ona tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. Bungacha u Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Mashrabovga qadar tumanga 2022 yil oktyabridan buyon Hamidullo Inomov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Nodirjon Ro‘ziboyevich Mashrabov

Ilyos Valeriyevich Novikov Beshariq tumani hokimi lavozimini egallagan. Bungacha u 2018−2024 yillarda Qo‘shtepa tumani hokimi bo‘lib ishlagan. U O‘zbekiston tumaniga hokim bo‘lgan Rasuljon Jo‘rayev o‘rnini egallagan.

Ilyos Valeriyevich Novikov

Rasuljon Karimovich Jo‘rayev O‘zbekiston tumani hokimi etib tayinlangan. U 2017 yildan to tayinlovga qadar u Beshariq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bungacha tumanga 2025 yil martidan buyon Ravshanbek Begmatov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Rasuljon Karimovich Jo‘rayev

Elbek Rustamovich Rustamov Marg‘ilon shahar hokimi etib tasdiqlangan. Bunga qadar u Markaziy bank Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Bungacha Marg‘ilon shahri hokimi lavozimida ishlagan Shukurulloxon Nisbatxonov lavozimidan ozod qilingan.

Elbek Rustamovich Rustamov

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hojiqo‘zijon Qosimjonovich Isoqov Bag‘dod tumaniga hokim etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Farg'ona hokim Beshariq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing