Farg‘onaning ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi 

Jamiyat

image

G‘anijon Soliyev Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, G‘anijon Soliyev 2022 yil 11 yanvardan buyon Bag‘dod tumani “Xo‘jaqishloq” MFYda hokim yordamchisi bo‘lib ishlab kelayotgandi.

U 1979 yilda Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutining iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlagan.

2014-2017 yillarda Oltiariq tumani hokimining o‘rinbosari, 2017-2020 yillarda Bag‘dod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2020-2022 yillarda Farg‘ona viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Shuningdek, Qodirjon Erkaboyev Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 

Bungacha Qodirjon Erkaboyev "O‘zsanoatqurilishbank" ATB mintaqaviy filiali boshlig‘i vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Qodirjon Erkaboyev 1988 yilda Beshariq tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2013 yilda Markaziy bank Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasida boshlagan hamda 2020 yilga qadar qator mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan. Jumladan, u 2019-2020 yillarda Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2020-2021 yillarda birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing