Farg‘onalik futbolchi hamkasblarining kartalaridan pullarini o‘zlashtirdi

3-sahifa

image

Farg‘onalik futbolchi hamkasblarining bank kartalaridan pullarini o‘zlashtirib oldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, professional futbol klubi futbolchilari Jizzax viloyatida Q.B. va Surxondaryo viloyatida A.S. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs bank kartalaridagi umumiy 18 341 250 so‘m pullarini yechib olinganini bildirgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni o‘zlashtirgan shaxs futbol klubi a’zosi – Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan M.M. ekani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, M.M. ushbu jinoyatni futbol klubi jamoasi mashg‘ulotlar o‘tkazgan vaqtda futbolchilar buyumlarini qoldirganidan foydalanib, telefonga bank kartasi ulangan SIM-kartalarni o‘zining qurilmasiga o‘tkazib, SMS-xabarnomalarni qo‘lga kiritish yo‘li bilan amalga oshirgan.

Hozirda M.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

334

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing