Farg‘onadan So‘xga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yildi
Jamiyat
−
12 dekabr 2021 7978 1 daqiqa
Farg‘ona — So‘x — Farg‘ona yo‘nalishida bugun, 12 dekabrdan boshlab muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, parvozlar haftaning dushanba va juma kunlari Farg‘ona — So‘x yo‘nalishida soat 10:00 da va So‘x — Farg‘ona yo‘nalishida soat 12:00 da bajarilishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, aviaqatnovlar AN-2 samolyotlarida amalga oshiriladi, parvoz davomiyligi 30 daqiqani tashkil etadi.
Xabarda yo‘lovchilar aviachiptalarni Farg‘ona, Andijon va Namangan aeroportlari hamda So‘x tumani hokimiyati binolarida xarid qilish imkoniyatiga ega ekani aytilgan.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart