Farg‘onadagi YTHda bir yashar go‘dak vafot etdi

Jamiyat

image

Farg‘ona tumanida Matiz haydovchisi hushyorlikni yo‘qotishi oqibatida  uning 1 yoshli qizi vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy iylning 17 fevral kuni fuqaro M.D. Matiz avtomobilini Avval-Vodil yo‘lining 15 kilometrida boshqarib ketayotib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi terak daraxtiga urilgan. Oqibatida, avtomobila bo‘lgan haydovchining 1 yoshli qizi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Bundan tashqari, haydovchi M.D. yo‘lovchilar haydovchining turmush o‘rtog‘i M.M. ismli ayol va qaynisinglisi AZ. lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing