Farg‘onadagi YTHda 74 yoshli haydovchi vafot etdi
3-sahifa
−
27 iyul
5125Kecha, 26 iyun kuni Farg‘ona viloyatida “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisi Cobalt’ga urilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:30 larda 1950 yilda tug‘ilgan haydovchi N.E. “Vaz-2106” rusumli avtomobilida 4R-112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 228-kilometrida qayrilib olish joyida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi T.R. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobiliga yo‘l bermay qayrilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisi N.E. tan jarohati bilan Qo‘shtepa tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etgandi.