Farg‘onadagi YTHda 3 nafar 17-18 yashar yigitlar halok bo‘ldi 

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Farg‘onada haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, 2005 yilda tug‘ilgan “haydovchi” boshqaruvida bo‘lgan Nexia yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda haydovchi va yana ikki kishi vafot etgan. Bu haqda Millar informatsion dasturida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 iyun kuni soat taxminan 00:25 da Bog‘dod tumani hududidagi yo‘lda shu tumanning Bekobod qishlog‘ida yashovchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 2005 yilda tug‘ilgan “haydovchi” Nexia’ni boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Mashina esa yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.

YTH oqibatida, haydovchi hamda mashinada bo‘lgan 2004 va 2005 yilda tug‘ilgan ikki nafar yo‘lovchi ham vafot etgan.

Bundan tashqari, avtomobil salonida bo‘lgan 2004 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi chap oyoq sinishi tan jarohati bilan, 2005 yilda tug‘ilgan yana bir yo‘lovchi o‘ng oyoq sinishi tan jarohati bilan va 2004 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi esa bosh miya jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

489

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing