Farg‘onadagi YTHda 2 ta oilaning 6 nafar a’zosi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidan o‘tgan A-373 yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-tranport hodisasida 2 oilaning 6 nafar a’zosi halok bo‘lgan. Bu haqda yo‘l-transport hodisalari oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish va oldinda turgan vazifalarni kelishib olish yuzasidan Fag‘ona viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda viloyatning Yozyovon tumani hududidan o‘tgan A-373 xalqaro ahamiyatdagi yo‘lda sodir etilgan mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 nafar fuqaro – ikki oila vakili vafot etgani va 4 nafar fuqaro tuman shifoxonasining jonlashtirish bo‘limida hayot uchun kurash olib borayotgani ta’kidlangan.

Shundan kelib chiqib, vodiy viloyatlarini bog‘lovchi A-373 yo‘nalishidagi yo‘l belgilari, beton to‘siqlar, yo‘l yoritgichlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, vodiy viloyatlari to‘liq o‘rganib chiqilishi ta’kidlab o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Ohangaron tumanida KamAZ, Lacetti va MAN avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergandi. Unda KamAZ va Lacetti to‘liq yonib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing