Farg‘onadagi YTHda haydovchi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
01 iyun 3396 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Quva tumanida Nexia-2 va Onix ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi va unda haydovchilardan biri vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Paxtakor” M.F.Y hududidan o‘tgan D-105 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 189-kilometrida 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-2 rusumli transport vositasida avtomobillarga gaz to‘ldirish shahobchasidan chiqib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib harakatlanishi ortidan o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Onix rusumli avtomobil bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa oqibatida Nexia-2 rusumli avtomobil haydovchisi Yu.I. shifoxonada vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida KAMAZ va yengil mashinalar o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi