Farg‘onadagi YTH oqibatida piyoda vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 26 dekabr kuni soat 20:10 larda Farg‘ona shahrida yo‘l-transport hodisasi sodir etildi va yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda halok bo‘ldi. Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Yormozor ko‘chasidan o‘tgan 4R-112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 218-kilometrida sodir bo‘lgan. 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro “Neksiya” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 1973 yilda tug‘ilgan shaxsni urib yuborgan. Oqibatda piyoda tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarma Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made