Farg‘onadagi “roddom”da ikki kunlik chaqaloq vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Beshariq tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxonasida ikki kunlik chaqaloq vafot etdi. Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati Beshariq tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxonasida joriy yil 5 avgust kuni tug‘ilgan o‘g‘il jinsli chaqaloq “ikki tomonlama zotiljam, homila infeksiyasi, tug‘ma yurak nuqsoni, nafas yetishmovchiligi 2-3 darajasi" tashxisi bilan 7 avgust kuni vafot etgan.

Holat yuzasidan sud-tibbiy komission ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda Beshariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura respublikada sodir bo‘lgan har bir chaqaloqlar o‘limi prokuratura organlarida ro‘yxatga olinib, holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, qonuniy qarorlar qabul qilinayotganini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq bo‘limida avgust oyining o‘zida 3 nafar chaqaloq vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

264

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing