Farg‘onadagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Bugun, 3 yanvar kuni Dang‘ara tumani “Toshkent” ko‘chasida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari sotishga mo‘ljallangan konteynerlarda yong‘in sodir bo‘lgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:40 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 12:44 da qurshab olingan va soat 12:59 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida 4 ta konteynerning taxminan 40 kvadrat metr maydonda ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa tufayli tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing