Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida bolani yuqori kuchlanishli tok urgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mas’ullarning sovuqqonligi oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan. Ushbu holat Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida prokuratura organlari tomonidan o‘rganishga yuborilgan.

Bolaning buzilgan huquqlarini tiklash hamda uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvlarini boshlagan.

Xabarda bu borada qo‘shimcha tarzda axborot berilishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Buxoro tumanida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor X.O‘. ga qarashli bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 2023 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. tarbiyachining e’tiborsizligi tufayli elektr toki urishidan vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona tok urishi Bolalar ombudsmani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing