Farg‘onadagi attraksiondan qiz nega yiqilib tushdi? Yangi tafsilotlar ochiqlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Farg‘ona viloyati markaziy istirohat bog‘idagi attraksionda voyaga yetmagan qiz uchayotib, ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, “Ar-Roshidoniy” madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan “Qaroqchilar kemasi” attraksionida 17 yoshli fuqaro N.O. attraksionning mahkamlangan himoya zanjirini o‘z qo‘li bilan bo‘shatib yuborishi sababli attraksiondan yerga qulab tushgan. Qiz og‘ir ahvolda tuman shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Inspeksiya xodimlari tomonidan holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasida “Qaroqchilar kemasi” attraksioni qo‘lbola usulda yasalgan bo‘lib, 2022 yil iyulda tadbirkor I.T. tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgani aniqlangan.

“Mavjud talablarga ko‘ra attraksion maxsus ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan o‘rnatilishi lozim. Shuningdek, attraksionning texnik pasporti mavjud emas, statik va dinamik sinovlardan o‘tkazilmagan, kunlik texnik nazorat, attraksion elektr jihozlarini yerga zaminlash va izolyatsiyasi qarshiligini o‘lchash, ishga tushirish va sozlash ishlari bajarilmagan. Attraksionga 2022 yil avgust oyida mavsum uchun maxsus laboratoriya tomonidan metall konstruksiyasining mustahkamligi to‘g‘risida ijobiy xulosa berilgan bo‘lsada, shu kungacha attraksiondan tegishli ruxsatnoma olinmasdan foydalanilgan”, deyiladi rasmiy munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona attraktsion

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing