Farg‘onada zilzila sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 18 iyul kuni Farg‘ona viloyatida 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 18 iyul kuni soat 08:45 (Grinvich bo‘yicha soat 03:45) da Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida zilzila qayd etilgan. Zilzila epimarkazi Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida joylashgan. Uning koordinatalari 40,32 gradus,  shimoliy kenglik 71,93 gradus sharqiy uzunlikka ega.

Shuningdek, zilzila magnitudasi 3,9 ballga, chuqurligi 15 kilometrga teng. Yer qimirlashining epimarkazi Toshkentdan 251 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Quvasoy shahrida – 3 ball, 5 kilometr;
Farg‘ona shahrida – 2-3 ball, 14 kilometr;
Farg‘ona tumanida – 2-3 ball, 16 kilometr;
Toshloq tumanida – 2 ball, 23 kilometr;
Quva tumanida – 2 ball, 24 kilometr;
Marg‘ilon shahrida – 2 ball, 24 kilometr


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing