Farg‘onada “Jiguli”ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi
Jamiyat
−
23 may 2021 9370 1 daqiqa
Farg‘ona viloyati Quva tumanida “Jiguli”ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 22 may kuni soat 19:20 larda Farg‘ona viloyati Quva tumani “Paxtakor” MFYda joylashgan “Shaffof” nomli avtotransport vositalariga gaz quyish shoxobchasida 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi T.A. boshqaruvidagi “VAZ-2101” rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballon gaz to‘ldirilayotgan vaqtida portlab ketgan.
Oqibatda uning yaqinida turgan fuqarolar — 32 yoshli T.F. hamda 58 yoshli A.X.lar tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan tuman IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr