Farg‘onada “jihod”ga chorlovchi materiallarni tarqatgan shaxsga jinoiy ish ochildi

3-sahifa

image

Farg‘onada diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufarning ma’ruzalarini tinglash va tarqatishda gumonlangan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan R.Sh. o‘zining uyali telefonidagi Telegram messenjerida akkaunt ochib, u orqali diniy mavzuga ixtisoslashgan kanallarga a’zo bo‘lgan.

So‘ngra ushbu kanallarda joylashtirilgan Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning “jihod”ga chorlovchi ma’ruzalarini hamda “Turkiston islom harakati” terroristik tashkilotiga tegishli audio-video materiallarni yuklab olgani aytilmoqda. Shuningdek, bu audiolarni Qo‘qon shahrida yashovchi tanishlariga ham tarqatgan.

Xabarga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda mazkur shaxs qo‘lga olinib, uning mobil telefoni protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza xulosasiga ko‘ra, R.Sh.ning telefon apparati xotirasida saqlangan materiallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanadi”, deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida uning maslakdoshlarini aniqlash bo‘yicha ham tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing