Farg‘onada yuqori tezlikda harakatlangan haydovchi ikki inson o‘limiga sababchi bo‘ldi
3-sahifa
−
16 noyabr 2020
4651Marg‘ilonda yosh yigitning e’tiborsiz holda mashina boshqarishi o‘zi va yana bir insonning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Matbuot xmzmati xabar berdi.
Joriy yilning 6 noyabr kuni soat, taxminan, 22:30 larda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlanayotgan 22 yoshli haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada, boshqaruvdagi Spark avtomashinasi Chinor daraxtiga urilgan.
Oqibatda, haydovchi va mashinada bo‘lgan yana bir 17 yoshli yo‘lovchi olgan og‘ir jarohat to‘fayli vafot etgan.
Holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi