Farg‘onada YTH oqibatida bir haydovchi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Quva tumanida kecha, 8 iyul kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

YTH soat 10:30 atrofida Soyguzar mahallasi hududidan o‘tgan 4P-112 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Damas haydovchisi R.O. (1999 yilda tug‘ilgan) harakat payti boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan. Qarshisidan kelayotgan A.X. (1988 yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi VAZ-2101 avtomobili bilan to‘qnashgan.

Oqibatda “Jiguli” haydovchisi og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘lgan. Shu mashinadagi yo‘lovchi va Lacetti haydovchisi esa shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyul kuni Qashqadaryo viloyatida Spark, BYD va Nexia rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan va buning oqibatida bir haydovchi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Quva Damas Jiguli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made