Farg‘onada yana bir yigit onlayn qimor sabab joniga qasd qildi
Jamiyat
−
21 noyabr 2021
15913Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yosh yigit “1Xbet”da 16 mln so‘m yutqazib qo‘yib, o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkup holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Uning ma’lum qilishicha, joriy yilning 15 noyabr kuni Dang‘ara tumani, “Pishkaron” MFY, Soysohili ko‘chasida yashagan 28 yoshli bola o‘zini-o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilgan. Marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmokda.
Avvalroq Farg‘ona davlat universitetining o‘qituvchisi “1Xbet” o‘ynab, katta miqdordagi pulni yutqazib qo‘ygach, qabristonda o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi