Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
19 iyun 2020
5527Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida yuz bergan yo‘l transporti hodisasi oqibatida bir nafar voyaga yetmagan shaxs vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 16 iyun kuni A.I. “Nexia-2” mashinasini “Log‘on” MFY hududida orqa tomonga harakatlantirgan. Shunda avtomashina orqasida bo‘lgan piyoda voyaga yetmagan R.M.ni urib yuboradi. Oqibatda R.M. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etadi.
“Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi