Farg‘onada o‘zini suvga tashlagan 22 yoshli ayolning jasadi 3 kunda topildi

3-sahifa

image

Farg‘onada 22 yoshli ayol kanalga o‘zini tashlab, cho‘kib ketdi. Uning jasadi esa uch kun o‘tgach topildi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturi xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida 22 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolish oqibatida o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab, bedarak yo‘qolgan. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari amalga oshirgan qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borib, ayolning jasadini uch kun ichida topgan. 

Qayd etilishicha, ayolning jasadi joriy yilning 7 iyul kuni tushdan so‘ng, hodisa sodir bo‘lgan joydan 200 metr chamasidagi uzoqlikda joylashgan chuqurlikdan topilgan va suvdan olib chiqilgan. 

Hozirda mazkur holat qonun doirasida o‘rganilib, tergov va surishtiruv jarayonlari olib borilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

323

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing