Farg‘onada o‘zini IIO xodimi deb tanishtirgan qiz jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar organi xodimi kiyimini kiyib, chiqish qilgan qiz jarimaga tortildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ichki ishlar organi xodimining xizmat kiyimidagi ayol Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan Sh.M. ekani aniqlagan. Unga nisbatan tuman IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tumani sudi tomonidan Sh.M.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209-moddasi prim 1-moddasiga asosan Bazaviy hisoblashning ikki baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.

Shuningdek, mazkur kiyim-boshni Sh.M.ga bergan xodimning xatti-harakatlari yuzasidan ham xizmat tekshiruvi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona jarima IIO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing