Farg‘onada o‘qituvchilarning oyliklaridan qariyb 922 million so‘m ushlab qolingan

3-sahifa

image
Farg‘ona viloyatidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining oyliklaridan turli maqsadlar uchun qariyb 922 million so‘m mablag‘ noqonuniy ushlab qolingan. Bu haqda viloyat Adliya boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, 2020-2021 yilda Farg‘ona viloyatidagi 366 ta maktabning 12 653 nafar o‘qituvchi va xodimlari hamda 519 ta maktabgacha ta’lim muassacining 11 365 nafar tarbiyachi va xodimlarining oyliklaridan turli maqsadlar uchun jami 921 mln 619 ming so‘m mablag‘ noqonuniy ushlab qolingan.
 
Xususan, 2021 yilning fevral va iyun oylarida Buvayda tumani maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlovchi 96 nafar xodimdan tibbiy ko‘rik uchun oyliklaridan 52 ming so‘mdan jami 5 mln 900 ming so‘m mablag‘ noqonuniy ushlab qolingan.
 
Xabarga ko‘ra, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan 167 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mehnat kodeksining 164-moddasiga asosan xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin.
 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan mansabdor shaxs tomonidan mehnat qonunchiligini buzish 1 mln 350 ming so‘mdan 2 mln 700 ming so‘mgacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

397

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing