Farg‘onada o‘qishga kiritishni va’da qilgan talaba va institut xodimi ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘onada fuqaroni pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan talaba va institut xodimi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qo‘qon pedagogika instituti talabasi Z.A. fuqaro Q.ni tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ushlangan. 

Qayd etilishicha, Z.A.ning ko‘rsatmasiga binoan davom etgan tadbirda fuqaro Q.dan olingan pullarni Qo‘qon pedagogika institutning sirtqi bo‘limi bosh mutaxassisi X.B. olgan vaqtda ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing