Farg‘onada “uchastkavoy” yordamchiligiga qizlar qo‘yilmoqda

Jamiyat

image

Farg‘onada qizlar profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mamlakatda gender tenglik masalasi so‘nggi vaqtlarda ko‘plab minbarlardan yangramoqda. Ayollarimiz nafaqat huquqni muxofaza qilish organlarida, balki boshqa davlat tashkilotlarida ham kam sonli ekani achinarli holat, albatta.

Prezident Administratsiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Farg‘ona viloyatiga tashrifi  doirasida viloyat IIB vakillari bilan birgalikda qizlarga guvohnomalar topshirgan.

Shuningdek, tadbirda viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan 10 nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasi  fuqaroligi pasportlari ham tantanali ravishda topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona uchastkavoy yordamchisi

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing