Farg‘onada sex ishchisi bunker bosib qolishi oqibatida vafot etdi
3-sahifa
−
18 Oktabr 2022 7165 1 daqiqa
Farg‘onada “Metall Universal 777” mas’uliyati cheklangan jamiyat ishchisi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aksiyadorlik jamiyatida bunker ostida qolib, vafot etdi. Bu haqda "O‘zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea kecha, 17 oktyabr kuni soat 11:10 larda Farg‘ona viloyatida joylashgan “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJda sodir bo‘lgan.
Xabarda qayd etilishicha, “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ hamda “Metall Universal 777” MCHJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan korxona hududida, jumladan, qadoqlash sexida amalga oshirilayotgan qurilish montaj ishlari jarayonida, o‘g‘it qadoqlash uskunasi bunkeri ostida metall konstruksiya qismlarini o‘rnatish jarayonida, bunker tayanchlarini kesish oqibatida bunker qulab tushgan. Oqibatda, “Metall Universal 777” MCHJ ishchisi qulab tushgan bunker ostida qolib, vafot etgan.
Hozirda dastlabki ekspertiza va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025