Farg‘onada suv ta’minoti xodimiga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
29 yanvar 2024
9314Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida “Farg‘ona suv ta’minoti” xodimiga tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Farg‘ona suv ta’minoti”ning Buvayda tuman bo‘limi xodimlari “Qoratepa” MFYda yashovchi T.K.ning yashash xonadoniga qarzdorlikni undirish uchun borgan. Ammo T.K. va uning ukasi N.K. suv ta’minoti xodimlarini haqorat qilib, ularga tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183, 185 va 187-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
LiveBarchasi