Farg‘onada soxta DXX xodimi ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘onada tovlamachilik yo‘li bilan viloyatdagi tumanlardan birining xalq ta’limi bo‘limi mudiridan pora olgan maktab direktor o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, Marg‘ilon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining direktor o‘rinbosari T.I. viloyatdagi tumanlardan birining xalq ta’limi bo‘limi mudiri U.R.ga o‘zini "DXX viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi" sifatida tanishtirib, uning ustidan ariza tushganligini ma’lum qilgan. 

T.I. bo‘lim mudiriga u har oyda maktab direktorlaridan pul talab qilib kelayotganini, yaqinda yuqori lavozimga qo‘yilgan ayoldan katta miqdorda pora olganini isbotlovchi audio va video yozuvlar borligini aytib, uni javobgarlikdan qutqarib qolish evaziga 15 million so‘m talab qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda T.I. ko‘rsatib o‘tilgan miqdordagi pulni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan T.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing