Farg‘onada soxta bank xodimi ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘onada kredit olib berishni va’da qilgan soxta bank xodimi ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Rishton tumanida Telegram'da "Agrobank bosh ofisi" nomli akkaunt foydalanuvchisi fuqaro A.A.ga o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, Agrobankdan yillik 27 foiz miqdorida 10 million so‘m kredit chiqarib berishni aytgan. 

U 2 ta bank kartasi ma’lumotlarini olib, undagi jami 12 mln 400 ming so‘m pullarni o‘zlashtirib, g‘oyib bo‘lgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni talon-toroj qilgan shaxs Toshkent viloyatida yashovchi K.D. ekani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, K.D. olgan pullarini onlayn qimor o‘yinlariga sarflab yuborgan.

K.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing