Farg‘onada salkam 300 tup ko‘knori yetishtirgan ayol ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida xonadonida 247 tup ko‘knori yetishtirgan ayol aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Shu yilning 31 may kuni “Katta Boltako‘l” mahallasida yashovchi A.S. ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ayol xonadon tomorqasida 247 tup ko‘knori o‘simliklarini parvarishlab kelayotgani aniqlangan. O‘simlik daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat IIBning eslatishicha, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona ko'knori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing