Farg‘onada ota o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida 72 yoshli ota 41 yoshli o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Voqea 1 sentyabr kuni soat 17:00 lar atrofida Oltiariq tumani “Toshobod” MFYda sodir bo‘lgan. 1952 yilda tug‘ilgan N.N. yashash xonadonida o‘g‘li 1983 yilda tug‘ilgan O.N. bilan o‘zaro janjallashgan. Janjal oqibatida u o‘g‘lini qasddan o‘ldirish maqsadida yashash xonadonidan oshxona pichog‘ini olib, ushbu pichoq bilan qurollanib, O.N.ning ko‘krak qafasi yuqori chap tomon qismiga bir marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Olgan tan jarohatlari oqibatida fuqaro O.N. Oltiariq tuman Tibbiyot birlashmasi SHTTYOB reanimatsiya bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2 sentyabr kuni Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan N.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda gumon qilinuvchi N.N. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida ozodligi cheklangan fuqaro o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimini pichoq bilan o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Farg'ona Oltiariq ota-o'g'il

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made