Farg‘onada opa-uka narkosavdogarlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 1 kilogrammdan ortiq gashish hamda 700 grammdan ziyod Alfa-PVP sintetik giyohvandlik vositasi musodara qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbirlar davomida Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida muqaddam Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi bilan sudlangan ayol tug‘ishgan ukasiga 1 kilogramm 50 gramm gashishni tanishi orqali yuborayotgan vaqtida ushlangan.

Tezkor surishtiruvlar davomida ayolning ukasi ham mazkur jinoyatga sherik ekani aniqlangan. U ham avval Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik), 273-moddasi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) va 276-modda (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar)lari bilan sudlangani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Qatortol ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1988 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan sudlangan ayol ushlanib, uning yonidan 5 gramm Alfa-PVP topilgan.

Tadbir davom ettirilib, ayni manzilda Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar) bo‘yicha sud jarayoni davom etayotgan yigit sherigi bilan qo‘lga olingan. Ular boshqaruvidagi avtomashinadan ham Alfa-PVP aniqlangan.

Bundan tashqari, gumondorlarning ijarada yashab kelgan xonadonlari ko‘zdan kechirilganda 700 gramm Alfa-PVP, zip-paketlar va elektron tarozi topilgan.

Bildirilishicha, gumondorlar olti oy davomida internetdagi narkodo‘kon uchun kurerlik qilib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan ham Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida shokolad qadoqlariga yashirilgan qariyb 1 kilogramm gashish moddasi hamda Yangiqo‘rg‘on tumanida 423 tup kannabis o‘simligi yetishtirilayotgani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing