Farg‘onada niqobli shaxslar aloqa kompaniyasi ofisida bosqinchilik qildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 19 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida noma’lum shaxslar uyali aloqa kompaniyasi ofisiga bosqinchilik uyushtirdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Hodisa soat 00:17 da Oltiariq tumani “O‘zbekiston” ko‘chasida joylashgan uyali aloqa kompaniyasi dilerlik shoxobchasida yuz bergan. Noma’lum shaxslar yuziga niqob taqib, pichoq bilan qurollanib, shoxobchaga g‘ayriqonuniy tarzda kirib, u yerda bo‘lgan 21 yoshli T.Z.ga hujum qilib, unga pichoq tiragan. Bosqinchilar T.Z.ga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazib, shoxobchada bo‘lgan 5 000 000 so‘m pullarni talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Natijada T.Z. olgan tan jarohatlari bilan Oltiariq tuman tez tibbiy yordam markaziga murojaat qilgan. Unda tez tibbiy yordam markazidan berilgan ma’lumotnomaga ko‘ra, “burun suyagini yopiq sinishi, burun sohasida shilingan jarohat” aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Oltiariq tumanida yashovchi 31 yoshli A.X., 30 yoshli E.O. va M.A. sodir etilgani aniqlanib, ulardan mazkur jinoyatni sodir etishda foydalangan narsa va buyumlar hamda jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan pullar evaziga sotib olingan buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda yuqoridagi shaxslar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bosqinchilik

Baholaganlar

687

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made