Farg‘onada Nexia-3 daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi
3-sahifa
−
24 iyul 2025 3735 1 daqiqa
Kecha, 23 iyul kuni Farg‘ona viloyatining Quva tumanida Nexia-3 mashinasi daraxtga borib urilishi oqibatida mashina ichidagi yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 16:00 larda tumanning “Tolmozor” MFY hududidan o‘tgan D-105 Farg‘ona-xalqasi avtomobil yo‘lining 186-kilometrida Nexia-3 haydovchisi mashinasini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan va mashina yo‘lning o‘ng tomonidagi yong‘oq daraxtiga urilgan.
Dastlabki ma’lumotlar ko‘ra, yo‘l-transport hodisasida Nexia-3 yo‘lovchisi Q.D. voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yana bir nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker mashinasi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgandi va u olgan jarohati oqibatida voqea joyida halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi